| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi619 marta oʻqildi

Karantinda boʻlib turgan fuqarolarning har biriga 14 kunlik karantin davri uchun qancha mablagʻ sarflanmoqda?

23 aprel kuni Xalqaro press-klubda boʻlib oʻtgan sessiyada Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov karantinda boʻlganlar va koronavirusdan davolanayotganlarning har biriga qanchadan mablagʻ sarflanayotgani haqida maʼlum qildi.

Karantinda boʻlib turgan fuqarolarning har biriga 14 kunlik karantin davri uchun qancha mablagʻ sarflanmoqda?

23 aprel kuni Xalqaro press-klubda Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov, Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov, Moliya vaziri Timur Ishmetov, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov va Toshkent bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov ishtirokida sessiya boʻlib oʻtdi.

Unda taʼkidlanganidek, Oʻzbekistonda kasallikdan davolanayotganlar ham, kasallikda gumon qilinganlar ham, karantinda saqlanayotganlarning barchasi bepul, davlat byudjeti hisobidan davolanmoqda, muolajalar olib borilmoqda.

“Karantinda boʻlib turgan fuqarolarning har biriga 14 kunlik karantinda davri uchun 2,4 million soʻmdan, koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga olingan har bir bemorning tiklanishi uchun 2,8 million soʻmdan mablagʻ sarflanmoqda”, deydi Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ