| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi592 marta oʻqildi

Karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirganlar va yolgʻon xabarlar tarqatganlar javobgarlikka tortiladi

Hukumat karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirganlarga, shuningdek, yolgʻon va tekshirilmagan xabar tarqatganlarlarga ham chora koʻradi.

Karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirganlar va yolgʻon xabarlar tarqatganlar javobgarlikka tortiladi

Bugun koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda bir qator qatʼiy choralar belgilandi.

Hukumat karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirish holatlariga qarshi keskin choralar koʻradi. Bunga Bosh prokuratura huzuridagi departament ham Davlat soliq qoʻmitasi jalb qilingan. Oziq-ovqat va boshqa zaxiralar yetarli darajada gʻamlangan.

Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq ilk holat aniqlandi

Shuningdek, karantin vaqtida yolgʻon va tekshirilmagan hamda odamlarda vahima uygʻotadigan xabarlar tarqatgan shaxslarga nisbatan amaldagi qonunchilik doirasida jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan choralar koʻriladi.

Hozirda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar toʻliq amalga oshirilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ