Karantin vaqtida isteʼmolchilar eng koʻp qaysi sohalardan shikoyat qilgan?
2020 yilning 30 mart — 10 may holatiga fuqaro (isteʼmolchi)lardan jami 395 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, shulardan 55,2 foizi savdo sohasiga tegishli.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi karantin davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar statistikasini eʼlon qildi.
2020 yilning 30 mart — 10 may holatiga fuqaro (isteʼmolchi)lardan jami 395 ta murojaat kelib tushgan, shulardan 280 tasi ogʻzaki, 4 tasi yozma, 111 tasi elektron shaklda yuborilgan.
Mazkur ariza va shikoyatlarning 374 tasi toʻliq ijobiy hal qilinib, qolganlari ijro nazoratiga olingan.
Murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganida:
218 tasi (55,2 foiz) savdo sohasiga,
62 tasi (15,7 foiz) xizmat koʻrsatish (servis) sohasiga,
34 tasi (8,6 foiz) elektr taʼminoti sohasiga,
22 tasi (5,6 foiz) gaz taʼminoti sohasiga,
15 tasi (3,8 foizi) suv taʼminoti sohasiga,
13 tasi (3,3 foizi) kommunal xizmat sohasiga,
3 tasi (0,8 foiz) transport sohasiga toʻgʻri kelgan.
Diqqat! Isteʼmolchi sifatida haq-huquqingiz buzilsa Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch raqamiga qoʻngʻiroq qiling.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

