| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi149 marta oʻqildi

Kamida 1000 ta ish oʻrinli yangi tikuvchilik-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkil etiladi

“Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoniga koʻra, yangi tikuvchilik-toʻqimachilik ishlab chiqarishi, qoida tariqasida, mashhur xalqaro brendlar mahsulotlarini realizatsiya qilish va kamida 1000 ta ish oʻrnini tashkil etishga moʻljallangan boʻlishi lozim.

Kamida 1000 ta ish oʻrinli  yangi tikuvchilik-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkil etiladi

“Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2020 yil 1 sentyabrga qadar jahon brendlarini jalb qilgan holda tashqi bozorlarda talab katta boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha 2021-2025 yillarga moʻljallangan investitsiya loyihalari tasdiqlanadi.

Bunda har bir yangi tikuvchilik-toʻqimachilik ishlab chiqarishi, qoida tariqasida, mashhur xalqaro brendlar mahsulotlarini realizatsiya qilish va kamida 1000 ta ish oʻrnini tashkil etishga moʻljallangan boʻlishi lozim.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ