Kambagʻallik kambagʻallikni keltirib chiqaradi. Kambagʻallikdan chiqishda xorij tajribasi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov «kambagʻallik kambagʻallikni keltirib chiqarishi, mazkur jarayon bir necha sabablarga koʻra sodir boʻlishi" haqida oʻz mulohazalarini va turli mamlakatlar kambagʻallik darajasini kamaytirish uchun qanday kurashgani haqida gapirib oʻtdi.

«Kambagʻallikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uygʻotish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish, yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir», deb taʼkidlangan edi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasida
Iqtisodiyot qonunlariga asosan, «kambagʻallik kambagʻallikni keltirib chiqaradi». Mazkur jarayon bir necha sabablarga koʻra sodir boʻladi.
Birinchidan, daromadlari past mamlakatlar sifatli taʼlim va sogʻliqni saqlash uchun yetarlicha pul sarflay olishmaydi, kambagʻal aholi esa sifatli pullik taʼlim va tibbiyot xizmatlarga qurbi yetmasligi sababli inson salohiyati pasayib, kambagʻallikdan qochib qutula olmaydilar.
Ikkinchidan, kambagʻal aholining daromadlari pasayib borgan sari, isteʼmol bozorining sigʻimi mutanosib ravishda kichrayib boradi va buning natijasida sanoat mollari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va ayniqsa, xizmatlarga boʻlgan talab pasayib boradi. Bu esa, oʻz navbatida, iqtisodiy taraqqiyotga toʻsqinlik qiladi, byudjet daromadlarini kamaytiradi va kambagʻallarni ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash imkoniyatini kamaytirib yopiq siklik jarayon koʻrinishiga keladi.
Uchinchidan, aksariyat hollarda kambagʻallarning dunyoqarashi daromad yuqori boʻlganlardan farq qiladi. Yuqorida aytib oʻtilgan sabablarga koʻra, ular orasidan ijodkor va tadbirkorlik qobiliyatiga ega insonlarning yetishib chiqishi ehtimoli kamroq. Shuningdek, odatda kambagʻal oila aʼzolari orasida jinoyatchilik koʻrsatkichlari nisbatan yuqoriroq boʻladi.

Oʻzbekistonda ijtimoiy adolat tushunchasiga mos keladigan davlat siyosati modelini tanladi
Boshqacha qilib aytganda, kambagʻallikni keltirib chiqaruvchi omillar mamlakatda inson salohiyatini rivojlantirishga, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va aholining iqtisodiy faoliyatiga toʻsqinlik qiladi.
Ijtimoiy himoya tizimi bu – kambagʻallik va tengsizlikni kamaytirish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va dasturlar majmuasidan iborat davlat siyosatidir.
Gʻarb davlatlarida ijtimoiy himoyaning markazlashgan tizimi 20-asrning boshlarida Germaniya va Buyuk Britaniyada ijtimoiy taʼminot tizimlarining yaratilishi davrida, bir oz keyinroq esa AQShda – Buyuk depressiya davrida muvaffaqiyatga erisha boshladi. 100 yil oldin ijtimoiy himoya tizimlari faqatgina bir necha mamlakatda rasman mavjud boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib ushbu tizim deyarli barcha davlatlarda amal qilmoqda. Mamlakatlar oʻz imkoniyatlari, milliy sharoitlari va ustuvorliklariga asoslanib ijtimoiy himoya tizimlarini quradilar.
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimi nafaqat moddiy yordam berishga, balki aholining yordamga muhtoj qatlamlarini kambagʻallikdan chiqarishga yoʻnaltirilgan boʻlishi muhim rol oʻynaydi. Rivojlangan mamlakatlarda 1990 yillardan boshlab nafaqa koʻrinishidagi ijtimoiy yordam oluvchilarni rasmiy tadbirkorlikka jalb qilish uchun majburiy talablar joriy qilingan. Bu amaliyot qoʻllanilgan mamlakatlarda (Koreya, AQSH, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya va boshqalar.) aholi bandligi oshgani kuzatilgan.
Turli tadqiqotlar natijalari shuni koʻrsatadiki, kambagʻallikdagi inson farovonligini faqatgina daromadlarga asoslangan baholash oʻrniga boshqa koʻp kriteriyali tizimlari bilan oʻlchash kambagʻallikka qarshi kurashishning samarasini yanada oshiradi. Kambagʻallik bu faqatgina daromadlar emas, bu turli oʻlchamli (toza ichimlik suvi, sogʻliqni saqlash, sanitariya holati, boshqa zarur xizmatlar) hayot sifatini ifodalovchi koʻrsatkichdir. Maqsadli ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimidagi bu oʻzgarishlar qisman Avstriya, Belgiya, Avstraliya, Kanada, Chexiya, Daniya va boshqa mamlakatlarda 2000 yillarning oʻrtalarida rasmiy kambagʻallik darajasini kamaytirishga omil boʻlgan.
Turli mamlakatlar kambagʻallik darajasini kamaytirish uchun turli modellarni qoʻllashadi. Misol uchun, shved modeli ikki maqsadni koʻzda tutadi: toʻliq bandlik va daromadlar tengsizligini kamaytirishni taʼminlash. Mazkur mamlakatida, ishsizlarni oʻqitish va qayta tayyorlash, talab yuqori boʻlgan sohalarda ishlash qobiliyatini tiklashni maʼqul koʻrishadi.
Xitoyda qishloq xoʻjaligini, shu jumladan, qishloq hududlarini rivojlantirish va yer islohotlariga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Chexiyada esa kambagʻal aholini moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlash uchun asosiy nafaqadan tashqari mahsulotlar va pul koʻrinishidagi qoʻshimcha koʻmaklar beriladi.
AQShda kambagʻallarga koʻrsatilayotgan yordam aholining 15 foizidan 20 foizigacha qismini qamrab oluvchi maxsus dasturlar orqali tarqatiladi. Eng koʻp tarqalgan yordam turlari bu oziq-ovqat talonlari, arzon uy-joy olish dasturlari, qariyalar uchun tibbiy va ijtimoiy yordam turlari, bola parvarishlash boʻyicha nafaqalar va boshqa turdagi qoʻllab-quvvatlash turlarini oʻz ichiga oladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekistonda davlat organlari va hududlar uchun korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyot reytingi ishga tushiriladi

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Infografika: Oʻzbekistonning 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida MDH davlatlari bilan savdo aloqasi

