| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat2 daqiqada oʻqiladi434 marta oʻqildi

Kam taʼminlanganlar, ehtiyojmand oilalar uchun uy-joy olish tartiblari haqida bilasizmi?

Kam taʼminlanganlar, ehtiyojmand oilalar uy-joy olish uchun ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

Kam taʼminlanganlar, ehtiyojmand oilalar uchun uy-joy olish tartiblari haqida bilasizmi?

Kam taʼminlanganlar, ehtiyojmand oilalar uchun uy-joy olish tartiblari haqida TDYuU professor v/b, huquqshunos Salomat Niyozova maʼlumot berdi:

Prezidentning “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan ayrim shaxslarga, shu jumladan, daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlarga ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga subsidiyalar toʻlanishi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan kam taʼminlanganlar, ehtiyojmand oilalar uy-joy olish uchun ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun ariza bilan murojaat etadilar.

Ariza beruvchi ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YaIDXP)da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda toʻldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi yoki maʼlumotlarni taqdim etadi:

  • jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari;

  • oila aʼzolarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (toʻliq oila va nikoh hamda voyaga yetgan farzandlar mavjud boʻlgan taqdirda) va (yoki) farzandlar tugʻilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar mavjud boʻlgan taqdirda) nusxalari;

  • belgilangan tartibda nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi toʻgʻrisida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati toʻgʻrisida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari arxividan maʼlumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda);

  • doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli maʼlumotlar (agar turar joyi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyi bilan toʻgʻri kelsa);

  • doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar boʻyicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyi bilan toʻgʻri kelsa);

  • Ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (qoʻshimcha daromadlar boʻlsa soliq deklaratsiyasi).

Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.

Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish toʻgʻrisidagi arizani uning oila aʼzolari berishi mumkin.

Davlat xizmatlari markazi va YaIDXP orqali koʻrsatiladigan xizmatlar ariza beruvchilarga toʻlovlarsiz amalga oshiriladi.

Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun ariza berish muddati yilning 1 martidan 1 oktyabrgacha etib belgilanadi. Ushbu muddat tugagandan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ