| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi88 marta oʻqildi

Joriy yilda qaysi soha vakillari eng koʻp korrupsion huquqbuzarliklar sodir etgani haqida batafsil maʼlumot berildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi joriy yil 9 oyi davomida sohalar boʻyicha korrupsion huquqbuzarliklar sodir etgan sohalar boʻyicha maʼlumot berdi. Eng koʻp korrupsiya holatlari ustavida davlat ulushi mavjud boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar, Xalq taʼlimi vazirligi, IIV, SSV ulushiga toʻgʻri kelmoqda.

Joriy yilda qaysi soha vakillari eng koʻp korrupsion huquqbuzarliklar sodir etgani haqida batafsil maʼlumot berildi

2020 yilning 9 oyi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jami korrupsiya holatlari yuzasidan 838 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan boʻlib, shundan sudlarga yuborilgan 454 ta jinoyat ishlari boʻyicha 647 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

2020 yilning 9 oyi davomida aniqlangan korrupsion huquqbuzarliklar sodir etgan mansabdor shaxslarning eng katta qismi, yaʼni 261 nafar shaxs (40,3%) ni JK ning 167-moddasida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etgan mansabdor shaxslar tashkil qilgan. Shuningdek, JK ning 168-moddasi bilan 116 nafar shaxs, 184-moddasi bilan 68 nafar shaxs, 210-moddasi bilan 56 nafar shaxs, 205-moddasi bilan 24 nafar shaxs, 206-moddasi bilan 9 nafar shaxs, 207-moddasi bilan 15 nafar shaxs, 209-moddasi bilan 7 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Oʻzbekistondagi korrupsiya xavfi boʻlgan sohalar

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 4 nafari respublika miqyosidagi, 15 nafari viloyat miqyosidagi 626 nafar shahar-tuman miqyosidagi mansabdor shaxslarni tashkil qiladi.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar faoliyat yuritgan sohalar kesimi boʻyicha tahlil natijalari koʻra:

  • 7 nafar hokim oʻrinbosarlari;

  • 1 nafar prokuratura tizimi;

  • 1 nafar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;

  • 13 nafar Majburiy ijro byurosi;

  • 1 nafar adliya tizimi;

  • 59 nafar IIV;

  • 6 nafar DSQ;

  • 1 nafar bojxona tizimi;

  • 2 nafar Milliy gvardiya;

  • 3 nafar Mudofaa vazirligi;

  • 57 nafar Sogʻliqni saqlash vazirligi;

  • 8 nafar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;

  • 15 nafar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi;

  • 89 nafar Xalq taʼlimi vazirligi;

  • 36 nafar Maktabgacha taʼlim vazirligi;

  • 34 nafar tijorat banklari rahbar xodimlari;

  • 184 nafar ustavida davlat ulushi mavjud boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning rahbarlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

2020 yilning 9 oyi davomida korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 mlrd. soʻmdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ