| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Isteʼmolchilarga qulaylik yaratish maqsadida yangi loyiha va mobil ilova ishlab chiqilyapti

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi va Oʻzuyjoykommunalxizmat vazirligi tomonidan isteʼmolchilarga qulayliklar yaratish maqsadida yangi loyiha joriy qilinmoqda.

Isteʼmolchilarga qulaylik yaratish maqsadida yangi loyiha va mobil ilova ishlab chiqilyapti

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi va Oʻzuyjoykommunalxizmat vazirligi tomonidan isteʼmolchilarga qulayliklar yaratish, ularning qimmatli vaqtini tejash maqsadida, shuningdek, Federatsiya hamda vazirlik oʻrtasida 25.04.2018 yilda imzolangan memorandum doirasida “OBOD HUDUD” (“OBOD HUDUD”) loyihasi ishlab chiqilib, mazkur yangilik hayotga keng joriy qilinishi arafasida turibdi.

Loyihaga koʻra, isteʼmolchilarga huquq va manfaatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqara olishlari hamda ularning huquqlarini himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarda yuqoridagi nom ostida barcha foydalanishi mumkin boʻlgan mobil ilova ishlab chiqilayotganligi diqqatga sazovordir. Isteʼmolchi mazkur ilovani oʻz uyali telefoniga oʻrnatib, unda tegishli tartibda roʻyxatda oʻtish vositasida kommunal masalalardagi murojaat (ariza, shikoyat, taklif)larini yuborishi mumkin boʻladi. Isteʼmolchi yuborilgan murojaat va unda koʻtarilgan masalalarni yechimini topishi boʻyicha olib borilayotgan ishlarni onlayn rejimda kuzatib borish imkoniyatiga ega boʻladi.

Federatsiya, oʻz navbatida, shu kunlarda mazkur ilovani yanada mukammallashtirish va aholi uchun yanada qulay boʻlishi borasida bildirilayotgan talab va takliflarni ham inobatga olgan holda, ishlar toʻliq nihoyasiga yetkazilgach, ilovani isteʼmolchilarning keng doirasi uchun tavsiya etadi.

Tagayev Inomjon

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi oʻrinbosari

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ