| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi125 marta oʻqildi

Isteʼmol krediti qanday olinadi?

Isteʼmol krediti oʻz faoliyati natijasida olingan daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Isteʼmol krediti qanday olinadi?

Isteʼmol krediti jismoniy shaxsga (isteʼmolchiga) tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir.

Isteʼmol krediti quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish uchun berilishi mumkin:

▪️uy xoʻjaligi, kompyuter texnikasi, radioelektronika va elektr jihozlari;

▪️mebel va boshqa maishiy buyumlarni sotib olish;

▪️Oʻzbekiston hududida tibbiy-profilaktika muassasalarida, dam olish maskanlarida, dam olish uylarida davolanish uchun putyovka sotib olish;

▪️tantanalar (nikohlar, yubileylar)ni oʻtkazish;

▪️xususiy avtomobillarni taʼmirlash va boshqalar.

Kredit hajmi, muddati, foiz stavkasi, toʻlovlarni amalga oshirish grafigi isteʼmol krediti shartnomasida aks ettiriladi.

Kredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

▪️ kredit ajratish haqida ariza;

▪️ pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;

▪️ qarz oluvchining daromadlarini tasdiqlovchi ish joyidan beriladigan maʼlumotnoma yoki qarz oluvchining daromadlari miqdorini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

▪️ kreditni qaytarishni taʼminlovchi hujjatlar (masalan, jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolati, mulk yoki qimmatli qogʻozlar garovi, kredit qaytarilmasligi riskini sugʻurtalash haqidagi sugʻurta polisi).

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ