| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi1 106 marta oʻqildi

Ishsizlik nafaqasi kimga va qancha davrga toʻlanadi?

Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab kechi bilan oʻn birinchi kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Ishsizlik nafaqasi kimga va qancha davrga toʻlanadi?

Ishdan mahrum boʻlgan, birinchi marta ish qidirayotgan, shuningdek uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashni istagan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi toʻlanadi.

Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida roʻyxatdan oʻtgan kundan eʼtiboran tayinlanadi.

Qaramogʻida uchtagacha kishi boʻlgan, 35 yoshga toʻlmagan ishsiz erkakka ishsizlik nafaqasi u haq toʻlanadigan jamoat ishlarida belgilangan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi.

Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab kechi bilan oʻn birinchi kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Ishsizlik nafaqasi koʻpi bilan:

  • ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan yoki uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga 12 oylik davr mobaynida 26 kalendar hafta;

  • ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa 13 kalendar hafta mobaynida toʻlanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ