| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Yangiliklar1 daqiqada oʻqiladi284 marta oʻqildi

“Ishga marhamat” monomarkazlari tashkil etiladi

2020 yil 1 oktyabrga qadar har bir hududda kamida bittadan “Ishga marhamat” monomarkazlari yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarini tashkil etiladi.

“Ishga marhamat” monomarkazlari tashkil etiladi

“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, kambagʻal va ishsiz aholini, ayniqsa, xotin-qizlarni va yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida qaror loyihasi ishlab chiqiladi.

Bunda kambagʻal, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitish mahalla, tuman (shahar) va hudud markazlari darajasida “mahallada kasb-hunarga oʻqitish maskanlari – tuman kasb-hunarga oʻqitish markazlari – hudud “Ishga marhamat” monomarkazlari” mexanizmi asosida amalga oshiriladi.

Loyihada shuningdek, quyidagilar nazarda tutiladi:

  • 2020 yil 1 iyulga qadar har bir hududda kamida bittadan “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” boʻyicha nodavlat tashkilotlari oʻrtasida tanlov oʻtkazish, tanlov gʻoliblariga oʻz ishini tashkil qilish uchun grant ajratish;

  • 2020 yil 1 oktyabrga qadar har bir hududda kamida bittadan “Ishga marhamat” monomarkazlari yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarini tashkil etish;

  • 2020 yil 1 iyunga qadar Rossiya Federatsiyasining oʻzbekistonlik mehnat migrantlari eng koʻp faoliyat yuritayotgan hududlarini aniqlab, dastlabki bosqichda kamida 5 ta shaharda migrantlarni kasbga oʻqitish va rus tilini oʻrgatishni tashkil etish.

Qaror bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ