| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Tahlil6 daqiqada oʻqiladi141 marta oʻqildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha pilot loyihani ishga tushirdi. Yangi mexanizm Toshkent viloyatida sinovdan oʻtkazilmoqda

Pilot loyiha 2019 yilda Nobel mukofoti sovrindorlari Abxijit Banerji, Ester Duflo va Maykl Kremer metodologiyasiga asoslangan boʻlib, u dala tadqiqotlari orqali kambagʻallikni kamaytirish samaradorligini baholaydi. Pilot loyihasining birinchi natijalari:

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha pilot loyihani ishga tushirdi. Yangi mexanizm Toshkent viloyatida sinovdan oʻtkazilmoqda
Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha pilot loyihani boshladi. Kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha yangi loyiha Toshkent viloyatining Boʻka va Chinoz tumanlarida boʻlib oʻtmoqda va 2020 yilning oktyabridan noyabrigacha moʻljallangan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan sinovdan oʻtgan yangi kambagʻallikka qarshi kurash mexanizmlari 2019 yilda Nobel mukofoti sovrindorlari Abxijit Banerji, Ester Duflo va Maykl Kremer metodologiyasiga asoslangan boʻlib, u dala tadqiqotlari orqali kambagʻallikni kamaytirish samaradorligini baholaydi.

Maʼlumot uchun: Ester Duflo, Abxijit Banerji va Maykl Kremer 2019 yilda iqtisodiyot boʻyicha Alfred Nobel mukofotining laureatlari boʻlishdi. Mukofot egalari tadqiqotlarga yangi yondashuvni joriy etdilar, natijada kambagʻallikka qarshi kurashning eng yaxshi usullarini aniqlash boʻyicha "Ishonchli javoblar" berildi. Iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqilgan yondashuv "kichik masshtabdagi masalalar" boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazishdir.

1990 yillarning oʻrtalarida boʻlgʻusi sovrindorlar Keniyada maktab faoliyatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga qaratilgan dala tajribalarini oʻtkazdilar. Keyinchalik Banerdji va Duflo ushbu amaliyotni kengaytirib boshqa mamlakatlarda, xususan, Hindistonda ham sinab koʻrishgan. Ularning ilmiy ishlari yangi ilmiy maktabni yaratishga imkon berdi.

Pilot loyiha kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni yanada amalga oshirish uchun aholining kambagʻal va muhtoj qatlamlarining holatini chuqurroq oʻrganish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yagona oilaning kambagʻalligi koʻplab omillar bilan belgilanadi. Bularga daromad darajasi, taʼlim, oziq-ovqat va sogʻliqni saqlash xizmatlari, transport infratuzilmasi, oilani rejalashtirish, ish bilan taʼminlash, sanitariya va boshqalar kiradi. Shu munosabat bilan kambagʻallikni kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga yondashuvlar va chora-tadbirlarning oʻzi joylardagi aniq shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilib, ularning samaradorligi amaliy dastur va olingan natijalar bilan isbotlangan.

Dala tadqiqotlari jarayonida uy xoʻjaliklarining daromad darajasi va iqtisodiyotning norasmiy tarmoqlarida ish bilan band boʻlganlar soni boʻyicha soʻrov oʻtkazildi.

Ishchi guruh* xonadonlarning ichik tuzilishi, sharoitlari, uy xuoʻjaliklarining daromadlari va xarajatlari, sogʻliqni saqlash, oziq-ovqat ratsioni va kredit masalalarini oʻz ichiga olgan 16 qismdan iborat "Aholining turmush darajasini oʻrganish va baholash" toʻgʻrisidagi maxsus tayyorlangan soʻrovnoma asosida Toshkent viloyatining Boʻka va Chinoz tumanlaridagi barcha 96 ta mahalladagi 1152 xonadonda soʻrov oʻtkazildi.

Pilot-loyiha natijalariga koʻra, kambagʻallikka qarshi kurashish, aholining kam taʼminlangan va muhtoj qatlamlarini hududlar boʻyicha qoʻllab-quvvatlash uchun “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi.

Pilot loyihasining keyingi bosqichida ehtiyojmand oilalar ahvolini ogʻirlashtiruvchi tizimli muammolar aniqlandi.

***

Loyihani amalga oshirish bosqichlari:

Oʻqitish.

Mahalliy tuman hokimlari uchun bilim darajasini oshirish va kambagʻallikni kamaytirish usullari samaradorligini oshirish maqsadida joriy yilning 13-16 oktyabr kunlari Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida "Hududlarda kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha bilim va koʻnikmalarni oshirish" mavzusida qisqa muddatli treninglar oʻtkazildi.

Diagnostika (kambagʻallik darajasini oʻlchash).

Ikkinchi bosqich davomida Ishchi guruh* "Aholi turmush darajasini oʻrganish va baholash" mavzusida maxsus soʻrovnoma tayyorlashda ishtirok etdi. Toshkent viloyatining Boʻka va Chinoz tumanlarining soʻrovda qatnashuvchi mahallalar roʻyxati shakllantirildi.

Tadbirlar rejasi (kambagʻal oilalar ahvolini ogʻirlashtiruvchi tizimli rivojlanish muammolarini aniqlash).

"Temir daftar" reyestriga kiritilgan uy xoʻjaliklari bilan soʻrov va suhbatlar oʻtkazildi. Har bir soʻrovnomani toʻldirish jarayonida olingan natijalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi xodimlari bilan muhokama qilinib, belgilangan muddatda ishchi guruhga taqdim etildi.

Maʼlumotlar bazasini yaratish (kambagʻal oilalarning holatini sogʻliqni saqlash, taʼlim olish, raqamlashtirish darajasi boʻyicha aniqlash va boshqalar.).

Ushbu bosqich doirasida ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning alohida miqdori hisoblab chiqildi va tasdiqlandi. Bu bosqichda kambagʻal oilalarning oʻziga xos xususiyatlari yaratilgan maʼlumotlar bazasi kambagʻallikka qarshi kurash boʻyicha ilmiy-amaliy takliflarni shakllantirishga yordam beradi.

Muammolarni aniqlash

Ijtimoiy yordam. Joylarda kambagʻallarni aniqlash mezonlari ularni "Temir daftar" reyestriga kiritish, tegishli ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun aniq bajarilmaydi. "Temir daftar"da mavjud farovonlik darajasiga koʻra kambagʻallar toifasiga kirmaydigan 20-30% oilalarning borligi aniqlandi.

"Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam berish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom"da bir qator muhim bandlar hisobga olinmagan. Xususan, kam taʼminlangan 2 yoki 3 ta oila bir xonadonda yashashi mumkinligi, ularning pensiyalari va ijtimoiy yordamlarini belgilashda har bir oila uchun daromadlari va xarajatlari alohida hisobga olinmaydi.

Moddiy yordam miqdorini aniqlashda ularning oʻrtacha xarajatlari (dori-darmonlar, sogʻliqni saqlash, oziq-ovqat, bolalarni oʻqitish) toʻliq hisobga olinmaydi. Oiladagi surunkali bemorlarning soni va bir vaqtda olib boriladigan dori-darmonlarning narxi hisobga olinmaydi.

Oziq-ovqat. Boʻka tumanidagi kam taʼminlangan uy xoʻjaliklari aʼzolari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, kuniga isteʼmol qilinadigan kaloriyalar soni 2382 kkal ekanligi aniqlandi. Belgilangan kilokaloriyaning 1 kunlik narxi 9,091 soʻmni (oyiga 281,829 soʻm) tashkil etdi. Shu bilan birga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan hisoblangan kilokaloriyaning minimal narxi 9500 soʻmni tashkil etadi.

Taʼlim. Kam taʼminlangan oilalarning bolalari uchun maktabgacha taʼlim qamrov darajasi past boʻlib (Boʻka tumani-34%, Chinoz tumani-56%), koʻpgina qishloq joylarida maktabgacha taʼlim muassasalari yoʻq (Boʻka tumanida 28 ta va Chinoz tumanida 35 ta). Matematika, informatika, tarix, tabiatshunoslik, chet va rus tillari oʻqituvchilari yetishmaydi.

Sogʻliqni saqlash. "Oilaviy poliklinikalar" va “Qishloq vrachlik punktlari"da tibbiy kartalarni ochish bilan bogʻliq muammolar davolash jarayonining erta boshlanishini oldini oladi. Tuman tibbiyot muassasalarida pediatr, rentgenologlar, kardiolog, nefrolog, reanimatolog, ginekolog va terapevtlar, shuningdek, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yetishmaydi.

Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash. "Temir daftar" reyestriga kiritilgan kam taʼminlangan oilalar orasida "Har bir oila - tadbirkor" davlat dasturi ishtirokchilarining ulushi (Boʻka tumani - 14%, Chinoz tumani -28%) berilayotgan

imtiyozli kreditlarga qaramay, ortmaydi. Kredit olishga daʼvogarlar yetarli malakaga ega emas, boshqalarga esa yer yoki boshqa imkoniyatlar yetarli emas.

Birinchi xulosalar

Joylarda kam taʼminlangan aholining oʻziga xos eng dolzarb muammolarini aniqlaydigan soha tadqiqotlari ham kambagʻallikni kamaytirish va xalq hayotini yaxshilashga qaratilgan davlat siyosati tegishli choralarini koʻrishga olib keladi.

Davlat tomonidan ijtimoiy yordam olish huquqiga ega boʻlgan "Temir daftar" roʻyxatiga kiritish va roʻyxatdan chiqarish, kam taʼminlangan oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni koʻpaytirish va tibbiy xizmat sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar boʻyicha aniqroq mezonlar ishlab chiqiladi. Kam taʼminlangan oilalar farzandlari vitaminlar bilan taʼminlanadi, 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning rivojlanishini (vazni va boʻyi) kuzatiladi.

Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash sohasida "Temir daftar" roʻyxatiga kiritilgan oilalardan "Har bir oila -tadbirkor" davlat dasturi ishtirokchilarining ulushini oshirish kerak boʻladi; qishloq xoʻjaligi uchun "ijtimoiy tadbirkorlik" va "inklyuziv tadbirkorlik" sohalarida tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirish, shuningdek fermerlarning veterinariya va agronomik savodxonligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish kerak boʻladi.

Soʻrovning dastlabki natijalari va uning asosida chiqarilgan xulosalar shuni koʻrsatadiki, joylarda kambagʻallikka qarshi kurash choralarini sozlash zarur, bu yoʻnalishdagi yangi yondashuv juda samarali boʻlib, mamlakatdagi kambagʻallarning muammolarini yanada muvaffaqiyatli hal qilishga imkon beradi.

Nima uchun Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi?

Kambagʻallik muammosi pandemiya davrida yomonlashdi. Bu borada oʻtgan yili boshlangan samarali kambagʻallikni kamaytirish siyosatini shakllantirish ishlari oʻziga xos tus oldi. Xususan, Markaz Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekistonda kambagʻallikni kamaytirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqdi, shuningdek, aholi daromadlarini saqlab qolish, talabni ushlab turish va manzilli yordam choralarini takomillashtirish boʻyicha koʻplab takliflarni taqdim etdi.

Markaz mamlakatda kambagʻallikni tubdan kamaytirish uchun samarali poydevorni shakllantirish boʻyicha tadbirlarda faol ishtirok etmoqda, bunda kambagʻallikni baholash va tasniflash sohasida metodologiyani ishlab chiqish va ilgʻor jahon tajribalarini tatbiq etish, ehtiyojmandlarni aniqlash va maqsadli qoʻllab-quvvatlash choralari mexanizmlarini takomillashtirish kiradi. Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsishni tiklash va tarkibiy oʻzgarishlarni davom ettirish boʻyicha 2020-2021 yillarga moʻljallangan amaliy harakatlar rejasiga (PKM № 526, 29.08.2020 y.) muvofiq, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi boshqa idoralar bilan birgalikda Oʻzbekistonda 2030 yilgacha kambagʻallikni kamaytirish strategiyasini ishlab chiqish vazifasini bajaradi.

Ishchi guruh* tarkibiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vazirlik vakillari kiritildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Fotogalereya 6

  • Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha pilot loyihani ishga tushirdi. Yangi mexanizm Toshkent viloyatida sinovdan oʻtkazilmoqda — 1-surat, jami 6 ta
  • Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha pilot loyihani ishga tushirdi. Yangi mexanizm Toshkent viloyatida sinovdan oʻtkazilmoqda — 2-surat, jami 6 ta
  • Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha pilot loyihani ishga tushirdi. Yangi mexanizm Toshkent viloyatida sinovdan oʻtkazilmoqda — 3-surat, jami 6 ta
  • Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha pilot loyihani ishga tushirdi. Yangi mexanizm Toshkent viloyatida sinovdan oʻtkazilmoqda — 4-surat, jami 6 ta
  • Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha pilot loyihani ishga tushirdi. Yangi mexanizm Toshkent viloyatida sinovdan oʻtkazilmoqda — 5-surat, jami 6 ta
  • Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha pilot loyihani ishga tushirdi. Yangi mexanizm Toshkent viloyatida sinovdan oʻtkazilmoqda — 6-surat, jami 6 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ