| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi227 marta oʻqildi

“Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti va Qozogʻiston universiteti oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi

Samarqand shahrida joylashgan “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti hamda Qozogʻistonning “Turizm va mehmondoʻstlik xalqaro universiteti” oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

“Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti va Qozogʻiston universiteti oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi

Samarqand shahrida joylashgan “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti hamda Qozogʻistonning “Turizm va mehmondoʻstlik xalqaro universiteti” oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatni imzolash marosimi 21 dekabr kuni “Amirsoy” togʻ-changʻi kurorti ochilishi doirasida boʻlib oʻtdi.

Memorandum Bosh vazir oʻrinbosari, “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti rektori Aziz Abduhakimov hamda Qozogʻiston universiteti rektori Maynura Murzamadiyeva tomonidan imzolandi. Hamkorlik memorandumi professor-pedagoglar, xodimlar, talabalar, jumladan magistrantlar, aspirantlar, doktorantlar) almashinuvi, tadqiqotlar oʻtkazish va tajriba almashish, amaliyot oʻtash, shuningdek ikki tomonlama diplom berishni koʻzda tutuvchi “2+2” hamkorligi doirasida ikki universitet oʻrtasida qoʻshma oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy qilishni koʻzda tutadi.

Bundan tashqari, hujjatga muvofiq, Markaziy Osiyo mintaqasida turizm industriyasi va mehmondoʻstlikni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qoʻshma konferensiyalar, akademik uchrashuvlar, simpoziumlar, muhokamalar doiralari, mahorat darslari kabi tadbirlar oʻtkaziladi. Shunisi diqqatga sazovorki, ushbu memorandum asosida ikki universitet mutaxassislari va oʻquvchilarini jalb qilgan holda, ilmiy maktablar, markazlar va laboratoriyalarni tashkil qilish hamda ularning faoliyatini yuritish, shuningdek loyihalarni tijoratlashtirishda birgalikda ishtirok etish mumkin boʻladi. Xalqaro, davlat, jamoatchilik va xususiy tashkilotlar hamda jamgʻarmalar tomonidan eʼlon qilinuvchi ilmiy grantlardagi birgalikdagi ishtirok ham shular jumlasidandir.

Hujjatga koʻra, “Ipak yoʻlida turizm” umumiy loyihaviy zont ostidagi tadqiqotlarni amalga oshirish uchun tarmoqning har bir universitetida “Ipak yoʻli” kafedrasi yaratiladi. Yana bir quvonchli jihatlardan biri shundaki, Hamkorlik memorandumi boʻyicha Bolon jarayoni hamda UNWTO, ISO, TedQual standartlariga muvofiq qoʻshma oʻquv rejalari ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, hujjat hamkor universitetning davriy nashrlarida universitet talabalari, magistrlari, doktorantlari va xodimlarining maqola, maʼruza hamda boshqa ilmiy ishlari chop etilishini nazarda tutadi. Ilmiy materiallar almashinuvi ham shular jumlasidandir. Multimilliy universitet tarmogʻini yaratish va uning faoliyatini yuritish maqsadida “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti mazkur jarayonning koordinatori hisoblanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ