Ikki nafar hamyurtimiz Xalqaro taekvondo ITF federatsiyasi tomonidan yuksak mukofotga sazovor boʻlishdi
Bosh qarorgohi Avstriyaning Vena shahrida joylashgan ushbu nufuzli sport tashkiloti Oʻzbekiston taekvondo ITF Milliy assotsiatsiyasining prezidenti Laziz Hasanovni 7-DAN (master) qora belbogʻ hamda Xalqaro toifadagi instruktor sertifikatlari bilan mukofotladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, bosh qarorgohi Avstriyaning Vena shahrida joylashgan ushbu nufuzli sport tashkiloti Oʻzbekiston taekvondo ITF Milliy assotsiatsiyasining prezidenti Laziz Hasanovni 7-DAN (master) qora belbogʻ hamda Xalqaro toifadagi instruktor sertifikatlari bilan mukofotladi.
Shuningdek, Xalqaro taekvondo ITF federatsiyasi tomonidan yana bir hamyurtimiz, Oʻzbekiston taekvondo ITF Milliy assotsiatsiyasining Buxoro viloyati boʻlimi rahbari Ubayt Mukarramovga 6-DAN qora belbogʻ hamda Xalqaro toifadagi instruktor sertifikati topshirildi.
Sportchi yoki trener Xalqaro taekvondo ITF federatsiyasining 7-DAN darajasini olishi uchun ushbu sport turida kamida 30 yil faoliyat olib borgan boʻlishi lozim. Laziz Hasanov esa 31 yildirki ushbu sport turini Oʻzbekistonda ommalashtirish yoʻlida jonbozlik koʻrsatib kelmoqda.
Fotogalereya 1
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi


