| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi70 marta oʻqildi

Ijtimoiy xodimlarning vazifalari belgilandi

Ijtimoiy xodim ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni tashkillashtiradigan shaxs hisoblanadi.

Ijtimoiy xodimlarning vazifalari belgilandi

“Ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Mazkur yoʻriqnomaga koʻra, ijtimoiy xodim ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni tashkillashtiradigan yoki bevosita ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi zarur kasbiy malakaga ega boʻlgan shaxs hisoblanadi.

Ijtimoiy xodimning quyidagi lavozimlari mavjud:

  • barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish boʻyicha mutaxassis;

  • oila, bolalar va yoshlar bilan ijtimoiy xizmat olib boruvchi ijtimoiy xodim;

  • oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish boʻyicha ijtimoiy xodimning assistenti.

Mazkur hujjat bilan ijtimoiy xodimlarning vazifalari belgilandi.

Jumladan, barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish boʻyicha mutaxassis huquqiy, profilaktik, qoʻllab-quvvatlovchi, reabilitatsion va terapevtik xususiyatga ega psixoijtimoiy xizmatlar koʻrsatish orqali shaxslarga ogʻir turmush sharoitidan chiqishga koʻmaklashadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ