Ichki ishlar organlari xodimlari qanday holatlarda fuqarolarning avtomobilidan majburiy foydalanishlari mumkin
Ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolarning avtomobilidan majburiy foydalanganida transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi.

Ichki ishlar organlari xodimlari quyidagi holatlarda sizning avtomobilingizdan majburiy tartibda foydalanishi mumkin:
tabiiy ofat yuz bergan joyga borish;
shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiy muassasalarga olib borish;
jinoyat sodir etgan shaxslarni taʼqib qilish va ichki ishlar organlariga olib kelish;
hodisa joyiga yoki ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibini jangovar trevoga boʻyicha toʻplash joyiga borish uchun.
Bu holatda, transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

