| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 100 mln AQSh dollariga teng kredit ajratiladi

Ajratilgan kreditning asosiy qismi yangi asbob-uskunalarni xarid qilish va xomashyoga yoʻnaltirilgan.

Hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 100 mln AQSh dollariga teng kredit ajratiladi

3 yil ichida hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 100 mln AQSh dollariga teng kredit resurslari ajratildi. Bu haqda AOKA press-xolida tashkil etilgan matbuot anjumanida Respublika «Hunarmand» uyushmasi raisi Ulugʻbek Abdullayev maʼlum qildi.

“Bu kredit mablagʻlari hisobiga bugungi kunga kelib 158 ming hunarmand-shogirdlarimiz bandligi taʼminlandi”, deydi Ulugʻbek Abdullayev.

100 mln dollar jalb qilinishi evaziga 28 000 ta, yaʼni qariyb 891 mlrd soʻmlik loyihalar amalga oshirildi. Hududlar kesimida olib qaraganda ham, masalan Fargʻona, Andijon, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston respublikasida ham loyihalar soni va qiymati oldingi yillarga nisbatan oshgan.

Kreditning asosiy qismi yangi asbob-uskunalarni xarid qilish, xomashyoga yoʻnaltirildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ