Hududlar toifasiga qarab avtomobillarning harakatlanishiga boʻlgan cheklovlar olib tashlanadi
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, 18 maydan boshlab shaxsiy avtomobillarning harakati boʻyicha cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilinadi.

Shaxsiy avtomobillarning harakati boʻyicha cheklovlarni 2020 yil 18 maydan boshlab bosqichma-bosqich bekor qilish yuzasidan quyidagi tartib joriy etilmoqda:
“Yashil” toifadagi hududlarda:
Respublika maxsus komissiyasi yigʻilishining 2020 yil 6 maydagi 21-son bayoni bilan avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat berilgan;
“Sariq” toifadagi hududlarda:
soat 06.00dan – 22.00 ga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat berilsin. Bunda avtotransport vositalarining salonida 4 kishidan ortiq boʻlmasligi lozim;
“Qizil” toifadagi hududlarda:
avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07.00 dan – 10.00 gacha, 17.00 dan – 20.00 gacha) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

