| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat2 daqiqada oʻqiladi216 marta oʻqildi

Hududlar toifasidan qatʼiy nazar ayrim karantin talablari saqlab qolinmoqda

15 iyundan “sariq” va “yashil” hududlarda bir qancha faoliyat turlariga ruxsat berilishi qatorida barcha hududlarda tegishli karantin talablari oʻz kuchida qolmoqda. Jumladan, maktab va kollejlar, jamoat transportlar faoliyati, koʻngil ochar obʼyektlar faoliyatiga ruxsat berilmadi.

Hududlar toifasidan qatʼiy nazar ayrim karantin talablari saqlab qolinmoqda

Barcha hududlarda ularning toifasidan qatʼiy nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinmoqda:

Bogʻchalar, bozorlar va avtobus qatnovlariga ruxsat berildi

  • jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati obʼyektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, uch kishidan ortiq yigʻilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanishi;

  • taʼlim tashkilotlari (maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar) faoliyatini yoʻlga qoʻymaslik;

  • koʻngilochar obʼyektlar — tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter oʻyinlari markazlari faoliyatiga yoʻl qoʻymaslik;

  • konsert, kinoteatr va sport tadbirlarini (professional futbol klublari oʻquv mashgʻulotlari va Oʻzbekiston professional futbol ligasi chempionatlari bundan mustasno) oʻtkazmaslik;

  • jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;

    15 iyundan umumiy ovqatlanish obʼyektlari ham ish boshlaydi

  • dehqon, qurilish bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik doʻkonlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 37*S va undan yuqori boʻlgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini koʻrish;

  • barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “toʻshak”lar bilan taʼminlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini taʼminlash;

  • qurilish-taʼmirlash ishlarida obʼyektlarning hududi toʻliq karantinga olinishi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda obʼyektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oshirilib borilishi. Bunda, ushbu tashkilotlarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga toʻliq rioya qilish, oʻz faoliyatini faqatgina tegishli obʼyekt hududi doirasida tashkil etish.

“Qizil” toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek, “yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini oʻrnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.

5 iyundan masjidlarda namoz oʻqishga ruxsat berildi

Shuningdek, karantin sharoitida umumiy ovqatlanish obʼyektlari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha vaqtinchalik tartib hamda Karantin sharoitida ruxsat berilgan faoliyat turi bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subʼyektlarida sanitariya-epidemiologik nazoratni amalga oshirish boʻyicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.

Shu bilan birga, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasiga faoliyati tiklanayotgan sohalarda va tadbirkorlik subʼyektlarida karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish topshirildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ