Xorijda ishlayotganlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha Departament qayta tashkil etildi
“Oʻzbekistonning xalqaro iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

“Oʻzbekistonning xalqaro iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni (PF–5903-son, 10.01.2020 y.) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamenti Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti etib qayta tashkil etildi.
Departamentga bir qator qoʻshimcha vazifalar yuklatildi.
Jumladan, Departament milliy iqtisodiyotning muhim vazifalarini hal etish hamda uni barqaror rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini muvofiqlashtiradi.
Farmonga muvofiq, bir qator vazirlik va idoralar markaziy apparati tuzilmasida xodimlar umumiy cheklangan soni doirasida Oʻzbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi masalalari bilan shugʻullanuvchi tarkibiy boʻlinmalar tashkil etiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

