Haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish muddati uzaytirildi
Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi guvohnomaga majburiy almashtirish muddati uzaytirildi.

Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi guvohnomaga majburiy almashtirish muddati 2021 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi (ilgari 2020 yil 31 dekabr edi).
Shuningdek, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar 2022 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi (ilgari 2021 yil 1 yanvar edi).
Bundan tashqari, avtomototransport vositasini 12 oy mobaynida boshqarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar qatoriga transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari uchun avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi ham qoʻshildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

