| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi60 marta oʻqildi

Global ochlik indeksida Oʻzbekiston aholisining ovqatlanish darajasi qanday baholandi?

2020 yil uchun xalqaro miqyosdagi Global ochlik indeksida 107 ta davlat ishtirok etdi. Oʻzbekiston aholisining ovqatlanish darajasi oʻtgan yilga nisbatan joriy yilda sezilarli koʻtarilgan. Bu indeks har bir mamlakat uchun toʻrtta koʻrsatkichni jamlash orqali aniqlanadi.

Global ochlik indeksida Oʻzbekiston aholisining ovqatlanish darajasi qanday baholandi?

2020 yil uchun xalqaro miqyosda Global ochlik indeksi eʼlon qilindi. Ushbu indeksda 107 ta mamlakat ishtirok etgan boʻlib, Oʻzbekiston mazkur reytingda eng yaxshi deb topilgan 47 ta mamlakatlar qatorida 6,7 ball bilan 30 oʻrinda qayd etildi. 2019 yilda ushbu reytingda Oʻzbekiston 10,7 ball bilan 48 oʻrinda koʻrsatib oʻtilgan edi.

Maʼlumot uchun: 2020 yilda MDH davlatlaridan Qozogʻiston 5,4 ball bilan 21-oʻrinda (2019 yil 5,5 ball 20-oʻrinda), Armaniston 6,9 ball bilan 31-oʻrinda (2019 yil 7,8 ball 30-oʻrinda), Qirgʻiziston 8,4 ball bilan 42-oʻrinda (2019 yil 8,8 ball 35-oʻrinda), Turkmaniston 11,1 ball bilan 52-oʻrinda (2019 yil 11,8 ball 54-oʻrinda) qayd etilgan.

Bu indeks har bir mamlakat uchun toʻrtta koʻrsatkichni jamlash orqali aniqlanadi:

  • toʻyib ovqatlanmaydigan aholi ulushi;

  • besh yoshgacha boʻlgan vazni meʼyordan past bolalar ulushi;

  • besh yoshgacha boʻlgan boʻyi meʼyordan past bolalar ulushi;

  • besh yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻlim darajasi.

Shuni alohida taʼkidlab oʻtish joizki, bir yil ichida bunday yuqori koʻrsatkichning qayd etilishi, yaʼni 48 oʻrindan 30 oʻringa koʻtarilishning asosiy sababi, respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Davlat statistika qoʻmitasining saʼy harakatlari bilan FAO tashkiloti tomonidan Global ochlik indeksining asosiy omilidan biri boʻlgan “toʻyib ovqatlanmaydigan aholi ulushi” koʻrsatkichining 2017 yildan boshlab qayta hisoblash amalga oshirilganligidir.

Eslatib oʻtamiz, qayta hisoblash natijasida “toʻyib ovqatlanmaydigan aholi ulushi” koʻrsatkichi deyarli 2,5 barobarga qisqartirilgan va 2016-2018 yillar uchun 6,3 foizdan 2,8 foizga oʻzgartirilgan va 2017-2019 yillar uchun 2,6 foiz deb tan olingan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ