Germaniya gazetasida pandemiya davrida iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Oʻzbekiston tajribasiga bagʻishlangan maqola chop etildi
Germaniyada chop etiladigan «Karera» gazetasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlumotiga asoslanib milliy iqtisodiyotning hozirgi holati boʻyicha mushtariylarga axborot berdi.

Germaniyada rus tilida chop etiladigan «Karera» gazetasining iyul sonida pandemiya davrida iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Oʻzbekiston tajribasiga bagʻishlangan maqola nashr etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Nashr Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlumotiga asoslanib milliy iqtisodiyotning hozirgi holati boʻyicha mushtariylarga axborot beradi. Xususan, materialda joriy koʻrsatkichlar oʻtgan yilning ikkinchi choragidagi natijalar bilan taqqoslangan. Maqolada mamlakatda pandemiya davrida isteʼmol mahsulotlari va dori-darmon importining qisqarishi, mehnat muhojirlarining pul oʻtkazmalari, tovarlar va xizmatlar eksporti, byudjet daromadlari, ishsizlikning oʻsishi qayd etilgan.
Taʼkidlanishicha, hozirgi vaqtda strategik tarmoqlarni, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash, davlat byudjetining barqarorligini saqlash va aholini dori-darmon bilan taʼminlash tiklanish siyosatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi.
Xususan, Prezident farmonlariga muvofiq tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash choralari koʻrilib, ularga 3,7 trillion soʻm miqdorida mablagʻ ajratildi. Korxonalarning homiylik va xayriya mablagʻlarini samarali taqsimlashga qaratilgan «Saxovat va koʻmak» umummilliy harakati doirasida 101 mingta korxona 361 mingdan ortiq oilaga ijtimoiy yordam koʻrsatdi.
Davlatning muhim vazifalari qatoriga jamoat tartibini saqlash va bozor infratuzilmasini tiklash, kapital, ishchi kuchi, tabiiy resurslar taʼminotini tashkil qilish, davlat xizmatlarini uzluksiz taqdim etish, jamiyatning maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarini qoʻllab-quvvatlash kabi sohalar ham kiradi.
Bugungi kunga qadar mamlakatda aholi va korxonalar uchun pandemiyaning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish boʻyicha Prezidentning 12 ta farmon va qarori qabul qilingan.
Shu bilan birga, maqolada jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi noaniqlik sharoitida davlat tomonidan voqealar rivojiga pragmatik javob koʻrinishida qoʻshimcha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi kutilayotgani, taʼkidlangan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

