| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi247 marta oʻqildi

FVV: Zararlangan hududlarda toʻplangan 70 ta uy hayvoni koʻmildi

Sirdaryo viloyatining suv bosgan hududlarida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilyapti. Ayni vaqtda Oqoltin tumanidagi “Ahillik”, “Qoʻrgʻontepa” va “Sardoba” qishloqlari va Mirzaobod tumanidagi “Baliqchilik" qishlogʻi dezinfeksiya qilinmoqda.

FVV: Zararlangan hududlarda toʻplangan 70 ta uy hayvoni koʻmildi

Sirdaryo viloyatining suv bosgan hududlarida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha tadbirlar jadallashtirilmoqda. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

FVV: Sardobadagi suv oqimi Arnasoy koʻliga yoʻnaltirildi

Xususan, ushbu hududdagi qabristonlar, kanalizatsiya tizimlari, suv tozalash inshootlari oʻrganilib, dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni vaqtda Oqoltin tumanidagi “Ahillik”, “Qoʻrgʻontepa” va “Sardoba” qishloqlari va Mirzaobod tumanidagi “Baliqchilik" qishlogʻi dezinfeksiya qilinmoqda.

Zararlangan hududlarda toʻplangan 70 ta uy hayvoni sanitariya qoidalariga muvofiq koʻmilgan.

Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa vazirliklari va Milliy gvardiya xodimlari hududlarni toʻplangan qoldiqlardan tozalash tadbirlarini olib bormoqdalar.

"1 maydan boshlab Favqulodda vaziyatlar vazirligida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan «1205» tezkor aloqa raqamiga 5609 marta qoʻngʻiroq boʻlgan. Shulardan 4861 nafar fuqaro favqulodda vaziyat oqibatlari boʻyicha maʼlumotlar soʻrab, murojaat etgan. Shuningdek, ularning 287 nafari oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar masalasida yordam soʻragan. Murojaatchilardan 199 nafari koʻngilli qutqaruvchi sifatida favqulodda vaziyat oʻchogʻiga borish istagini bildirgan", deyiladi xabarda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ