| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi941 marta oʻqildi

FVV: Sardobadagi suv oqimi Arnasoy koʻliga yoʻnaltirildi

Evakuatsiya qilingan aholi uchun niqob, antiseptik vosita va qoʻlqoplar tarqatildi. Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan oʻtuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy koʻliga yoʻnaltirilgan.

FVV: Sardobadagi suv oqimi Arnasoy koʻliga yoʻnaltirildi

1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qoʻrgʻontepa aholi yashash punktiga suv kirgan edi.

Sardoba suv omboridan suv chiqishi natijasida aholi evakuatsiya qilinmoqda

Mazkur vaziyat oqibatlarini bartaraf etish, evakuatsiya tadbirlarini tashkillashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, voqea joyiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yetib borgan.

Favqulotda vaziyatlar vazirligining maʼlum qilishicha, Doʻstlik, Paxtakor, Zarbdor va Mirzachoʻl tumanlarida tashkil etilgan maxsus shtablar tomonidan maktab, kollej, xususiy korxonalar va aholi xonadonlariga fuqarolarni joylashtirish choralari koʻrilmoqda.

Shuningdek, Mirzaobod tumanidagi “Navbahor”, “Haqiqat” va “Bahoriston” MFYlari aholi yashash punktlariga qisman suv kirgan. Aholi ushbu tumandagi kasb-hunar kolleji, Safarbarlik chaqiruv rezervi boʻyicha harbiy qism va kasalxonaga evakuatsiya qilindi. Evakuatsiya tadbirlari Jizzax shahriga ham tashkillashtirildi. Xususan, Oqoltin tumanidagi “Ahillik”, “Shodlik”, “Saxovat”, “Navoiy”, “Doʻstlik”, “Koʻrkamdiyor”, “Toshkent”, “Yangihayot”, “Obod” va “Mustahkam” MFYlarining aholisi Jizzax viloyati Gagarin shaharchasiga vaqtinchalik koʻchirildi. Unda aholi uchun 6000 dona niqob, 80 dona antiseptik vosita, 200 juft bir martalik qoʻlqoplar va boshqa tibbiyot vositalari tarqatildi.

Shavkat Mirziyoyev Sardoba tumaniga yetib bordi

Bundan tashqari, Sardoba shaharchasidagi aholini ham Jizzax viloyati Gagarin aholi yashash punktiga evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Mirzaobod tumanidagi “Beruniy”, “Paxtaobod”, “Baliqchi”, “Haqiqat”, “Bahoriston”, “Yangiovul” va “Doʻngariq” MFYlari aholisi suv toshish xavfi boʻlgani uchun Yangiyer shahriga evakuatsiya qilinmoqda.

Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan oʻtuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy koʻliga yoʻnaltirilgan.

Hozirda dambadan suv chiqishi kamaygan.

Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ