| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi185 marta oʻqildi

FVV Oʻzbekistonga kirib kelgan zararli chigirtkalar qarshi kurashyapti

Ayni kunlarda respublika boʻyicha 327,4 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgan.

FVV Oʻzbekistonga kirib kelgan zararli chigirtkalar qarshi kurashyapti

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan zararli chigirtkalarni kirib kelishini oldini olish va bartaraf etish boʻyicha qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Joriy yilda zararli chigirtkalarni respublikamiz hududiga kirib kelishini oldini olish uchun joylarda 597,9 ming gektarda kimyoviy ishlov oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda respublika boʻyicha zararli chigirtkalarni 327,4 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 309,6 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar oʻtkazildi. Shuningdek, mahalliy byudjetdan ajratilgan mablagʻlar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 397 ming gektar maydonda ishlovlarni oʻtkazishni taʼminlaydigan kimyoviy vositalar zahirasi yaratilgan.

Ushbu tadbirlarga 500 dan ortiq maxsus texnikalar va 700 nafardan ortiq ishchilar jalb qilingan.

Yana bir muhim jihat bu kabi ezgu amallar qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Jumladan Qozogʻiston, Turkmaniston hamda Qirgʻiziston Respublikalari shular jumlasidandir.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ