Frilanserlar faoliyati bilan shugʻullanish uchun yaxshi imkoniyat
Coursera butun dunyo boʻylab universitet talabalari uchun oʻz kurslariga bepul kirish imkoniyatini ochdi.

1 iyundan boshlab Coursera onlayn taʼlim platformasi butun dunyo boʻylab kollej va universitet talabalariga oʻz kurslariga bepul kirish imkoniyatini ochdi.
Talabalar uchun 3800 dan ortiq kurslar, 150 mutaxassislar ishtirokidagi interfaol loyihalar, 400 mutaxassislik va 11 professional sertifikatlash dasturlari mavjud.
Taʼlim muassasalariga tegishli domenlarida tasdiqlangan elektron pochta manzillariga ega talabalar va ushbu yil bitiruvchilari kurslarda qatnashishlari va sertifikatlarni bepul olishlari mumkin.
Bepul roʻyxatdan oʻtish 31 iyulgacha davom etadi. Siz 30 sentyabrgacha tanlangan dasturlarni bajarishingiz kerak. Ushbu sanadan keyin talabalar faqat soha mutaxassislari ishtirokidagi interfaol loyihalarga bepul kirish huquqini saqlab qoladilar.
Coursera ham bepul, ham pullik kurslarni taqdim etadi, ammo siz bitiruv sertifikati olish uchun toʻlov qilishingiz kerak. Xizmatga yillik obuna 399 dollarni tashkil etadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

