| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi62 marta oʻqildi

Fermer xoʻjaliklari ixtiyoriy birlashib, paxta xomashyosini yetishtiradi

Hokimlar kooperatsiyalar va paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarini urugʻlik, mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash mahsulotlari hamda boshqa moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi.

Fermer xoʻjaliklari ixtiyoriy birlashib, paxta xomashyosini yetishtiradi

“Paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, kooperatsiyalarni tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

  • Qishloq xoʻjaligi vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatida foydalanilmayotgan boʻsh yer maydonlarini mahalliy davlat hokimiyati organlarining zaxirasiga oʻtkazilishini taʼminlaydi;

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimlari kooperatsiyalar va paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarini urugʻlik, mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash mahsulotlari hamda boshqa moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;

  • Kooperatsiyalar paxtani qabul qilib olish, saralash, saqlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotni eksport qilish boʻyicha samarali ish yuritish tizimini joriy qiladi.

    Tarixiy hujjat imzolandi: Paxta boʻyicha majburiy davlat xaridlari bekor qilindi

Tegishli Hukumat qarorlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga belgilangan imtiyozlar kooperatsiyalar uchun ham tatbiq etiladi.

Kooperatsiyalarga paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkil etilmagan hududlardagi paxta tozalash korxonalari ixtiyoriy ravishda aʼzo boʻladi.

Kooperatsiyalar aʼzolari tomonidan yetishtirilgan paxtani paxta tozalash korxonalari tomonidan qabul qilish, saqlash va qayta ishlash xizmati (tegirmon usulida) koʻrsatiladi.

Qaror bilan shuningdek, Fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy birlashishi asosida paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ