| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi240 marta oʻqildi

Farzandli boʻlganlar suyunchi pulini olish un 6 oy ichida murojaat etishi mumkin

Davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha qator maʼmuriy reglamentlar tasdiqlandi.

Farzandli boʻlganlar suyunchi pulini olish un 6 oy ichida murojaat etishi mumkin

“Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” Hukumat qarori (qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagi maʼmuriy reglamentlar tasdiqlandi:

  • Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish;

  • Dafn marosimi uchun nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish;

  • Pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish;

  • Pensiya va nafaqa miqdori toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish.

Jumladan, Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga koʻra, ariza beruvchi bola tugʻilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida mazkur nafaqani tayinlashi uchun davlat xizmatlari markaziga (DXM) borgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat etadi.

Tegishli soʻrovnoma byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yuboriladi. Pensiya jamgʻarmasi oʻz navbatida nafaqani tayinlash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Nafaqa tayinlangan taqdirda nafaqani qachon va qayerdan olish toʻgʻrisida maʼlumot, nafaqa tayinlash rad etilganda rad etish sabablari koʻrsatilgan maʼlumot tegishli DXMga yoki YaIDXPga elektron tarzda yuboriladi.

Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ