“Farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” instituti joriy etiladi
“Oʻzbekiston farmatsevtika tarmogʻida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

“Oʻzbekiston farmatsevtika tarmogʻida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 iyuldan boshlab mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan referent narx shakllantirish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Unga koʻra, dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda dori vositasining har bir savdo nomi uchun belgilangan eng yuqori narxi qayd etiladi.
Bunda dori vositasini ushbu qiymatdan yuqori narxlarda Oʻzbekistonga yetkazib berish va sotish mumkin emas.
Qaror bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining vakolatlari belgilandi.
Jumladan, Agentlik dori vositasining savdo nomiga referent narx shakllantirish tizimini monitoring va tahlil qiladi.
2020 yil 1 iyuldan boshlab:
respublikaning barcha tibbiyot tashkilotlarida majburiy tartibda dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi boʻyicha retsept yozilishi joriy qilinadi;
“farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” instituti joriy etiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

