Farhod Ochilov: Eng koʻp jinoyatlar taʼlim, sogʻliqni saqlash, yoqilgʻi energetika, madaniyat tizimi yoʻnalishlarda qayd etildi
AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boʻlim boshligʻi Farhod Ochilov joriy yilning 10 oyi davomida aniqlangan jinoyatlar haqida maʼlumot berib oʻtdi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boʻlim boshligʻi Farhod Ochilov Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish depertament organlari tomonidan joriy yilning 10 oyida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida aniqlangan talon-torojliklar, jinoyatlar, davlat byudjetiga yetkazilgan zararlar haqida AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlumot berdi.
“Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish depertament organlari tomonidan joriy yilning 10 oyida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida davlat boshqaruvi organlari, taʼlim, sogʻliqni saqlash, bank, moliya, yoqilgʻi energetikasi, qurilish sohalarida jami 436 holatda 260 milliard soʻmdan ortiq byudjet mablagʻlari talon-toroj etilgani fosh qilindi.
Xususan, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish hamda soxtakorlikka yoʻl qoʻyish bilan bogʻliq 89ta jinoyatga chek qoʻyilgan. Bu jinoyatlarning eng koʻpi — davlat boshqaruvi organlari hissasiga toʻgʻri keladi”, deydi Farhod Ochilov.
Uning soʻzlariga koʻra, Davlat xaridlarini sunʼiy ravishda qimmat narxda sotib olish bilan bogʻliq 27ta jinoyat aniqlangan. Taʼlim, sogʻliqni saqlash, yoqilgʻi energetika, madaniyat tizimi va boshqa yoʻnalishlarda ana shunday jinoyatlar koʻproq qayd etilgan.
Shu bilan birga, qurilish sohasidagi 187ta jinoyat tufayli davlat byudjetiga 60 milliard soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlangan. Ijtimoiy soha obʼyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilish bilan bogʻliq 27ta jinoyat fosh etilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

