Fargʻonada 500 dan ortiq agrosanoat xizmatlarini koʻrsatadigan markaz faoliyati yoʻlga qoʻyiladi
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasi doirasida zamonaviy innovatsion “Agroxizmatlar markazi” faoliyati ilk bor Fargʻona viloyatida yoʻlga qoʻyiladi.

Bugungi kunda agrar soha rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarda fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiyalash maqsadida Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS) yoʻlga qoʻyilgan. Natijada ular tomonidan yangi innovatsion bilim va texnologiyalar keng joriy etilishi bilan bir qatorda agroxizmatlar ham koʻrsatiladi.

Eksportchilar uchun muhim yangilik: Fargʻonada «mini eksport bozori» tashkil etildi
Bunday jahon tajribalarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasi doirasida zamonaviy innovatsion “Agroxizmatlar markazi” faoliyati ilk bor Fargʻona viloyatida yoʻlga qoʻyiladigan boʻldi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur hududiy markaz tomonidan “yagona darcha tamoyili” asosida davlat-xususiy sherikchilik shartlarida 500 dan ortiq agrosanoat majmuiga oid xizmatlar koʻrsatiladi. Shundan 40 dan ortiq yangi turdagi innovatsion texnologiyalar asosidagi qator xizmatlar, jumladan, geoaxborot tizimlari, dron xizmatlari, xalqaro standartlar, “Organic”, “Global G.A.P” va “Halol” sertifikatlari joriy etiladi.
Shuningdek, markazda 15 ta agrar sohaga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari, 30 dan ortiq mahalliy va xorijiy agrobiznes vakillari doimiy faoliyat olib boradi.
Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan 5 turdagi zamonaviy laboratoriya, yaʼni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xavfsizligi, In-vitro koʻchatchiligi, tuproq, suv va fitosanitariya tahlil laboratorisi viloyatdagi 9 ming fermer xoʻjaliklari hamda 500 dan ortiq agrobiznes vakillariga xizmat koʻrsatadi.

Markazda zamonaviy bilim va tajribalarga ega boʻlgan 133 nafar xodim uchun yangi ish joylari yaratilgan. Shundan 40 nafar mutaxassis bugungi kunga qadar dunyoning yetakchi davlatlarida (AQSh, Turkiya, Isroil, Gollandiya, Germaniya, Xitoy, Latviya davlatlari) malaka oshirib qaytdi. Qolgan mutaxassislar ham yil yakuniga qadar xalqaro qishloq xoʻjaligi markazlarida tajriba oʻtaydi.
Ushbu markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyishga Jahon bankining kredit loyihasi, Yevropa Ittifoqining grant koʻmaklari va xususiy investorlarning mablagʻlari yoʻnaltiriladi. Keyingi bosqichlarda mazkur markazlar faoliyati respublikamizning boshqa barcha hududlari va tumanlarida yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Oʻzbekistonda davlat organlari va hududlar uchun korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyot reytingi ishga tushiriladi

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

