| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Fargʻona vodiysi viloyatlarini bogʻlovchi elektropoyezd yoʻlga qoʻyiladi

Qoʻqon-Margʻilon-Andijon stansiyalari oraligʻi elektrlashtirib boʻlingan. Yoʻlkira narxi esa 5 ming soʻmdan 45 ming soʻmgacha boʻlishi kutilmoqda.

Fargʻona vodiysi viloyatlarini bogʻlovchi elektropoyezd yoʻlga qoʻyiladi

Fargʻona vodiysi boʻylab uzunligi 331 km boʻlgan halqa elektropoyezdlar harakati qoʻyiladi. U Fargʻona vodiysi viloyatlarini bir-biri bilan bogʻlaydi.

Qoʻqon-Margʻilon-Andijon stansiyalari oraligʻi elektrlashtirib boʻlingan. Ayni paytda Qoʻqon-Namangan-Andijon stansiyalari elektrlashtirilmoqda. Bu ishlar ham yaqin ikki oyda yakunlanadi.

Elektrpoyezdlarning birinchi qatnovi shu yilning sentyabr oyida yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda. Yoʻlkira narxi esa 5 ming soʻmdan 45 ming soʻmgacha boʻladi.

Poyezdlar konditsionerlar, USB-kabellar, Wi-Fi, bufet, moto-velosipedlar uchun maxsus joylar, biohojatxona kabilar bilan taʼminlanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ