| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi256 marta oʻqildi

Yer muzlatkichdek keladigan asteroid bilan toʻqnashish xavfi ostida

Amerikalik astrofizik Nil Degrass Taysonning yozishicha, Yerga 2018VP1 asteroidi soatiga 25 mil (40 ming km) tezlik bilan yaqinlashmoqda.

Yer muzlatkichdek keladigan asteroid bilan toʻqnashish xavfi ostida

Yerga asteroid bilan toʻqnashish xavf solmoqda. Amerikalik astrofizik Nil Degrass Taysonning aytishicha, muzlatkichdek keladigan asteroid Yerga AQShda prezident saylovlari oʻtishidan bir kun oldin tushishi mumkin.

“Muzlatkichdek keladigan 2018VP1 asteroidi biz tomon soatiga 25 mil (40 ming km) tezlik bilan yaqinlashmoqda. U Yer bilan prezident saylovlaridan bir kun oldin – 2 noyabrda toʻqnashishi mumkin”, deb yozgan olim Instagramʼdagi oʻz akkauntida.

Taysonning taʼkidlashicha, bunday oʻlchamdagi asteroid katta ziyon yetkazmaydi.

“Agar qiyomat qoyim 2020 yilda yuz bergudek boʻlsa, bu fazo aybi bilan yuz bermaydi”, deb taʼkidlab oʻtgan olim.

Avgustda NASA 2018 VP1 asteroidi 2 noyabr soat 20:33da Yerga minimal masofaga yaqinlashishini maʼlum qilgan. NASA maʼlumotlariga koʻra, samo jismi sayyoramizdan 384 ming km uzoqlikda uchib oʻtadi. Oʻshanda taʼkidlanganidek, asteroidning Yer atmosferasiga kirishi ehtimoli 240tadan bittani yoki 0,41 foizni tashkil qiladi.

Asteroid 2018 yil 3 noyabrda ochilgan. U harakatlanish yoʻnalishi Yer orbitasini kesib oʻtuvchi “Appolon” asteroidlar guruhiga kiradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ