| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi301 marta oʻqildi

Equinox sotib olgan Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi toʻgʻrisida Davlat soliq qoʻmitasi izoh berdi

Davlat soliq qoʻmitasi “Neksiya-3” avtomashinasi oʻrniga Equinox sotib olgan Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi ustidan tekshiruv oʻtkazadi.

Equinox sotib olgan Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi toʻgʻrisida Davlat soliq qoʻmitasi izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi tomonidan 349 mln. soʻmga Equinox rusumli xizmat avtomashinasi xarid qilinganligi borasida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu xabarlar yuzasidan Davlat soliq qoʻmitasi munosabat bildirdi.

Ushbu holatga zudlik bilan oydinlik kiritish maqsadida Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan toʻplangan dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi balansidagi 2013 yilda ishlab chiqarilgan “Neksiya-2” rusumli avtomashina eskirib yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli, uning oʻrniga bir dona xizmat avtomashinasi xarid qilishga ruxsat soʻrab, 2020 yil 2 oktyabrdagi 23-31631-sonli xat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga murojaat qilgan.

Ushbu murojaatga Moliya vazirligi 2020 yil 9 oktyabrda YeS 8724-sonli javob xati yoʻllangan. Unga koʻra, Boshqarma balansidagi “Neksiya-2” rusumli avtomashinasini oʻrnatilgan tartibda sotib, oʻrniga belgilangan limit doirasida Soliq organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bir dona “Neksiya-3” avtomashinasi xarid qilishga rozilik bildirgan.

Oʻzavto dileri “Avto-sentr-Qashqadaryo” bilan Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi oʻrtasida 2020 yil 30 sentyabrda 3-250-2020-1563UA-sonli shartnoma tuzilib unga asosan bir dona Equinox rusumli avtotransport vositasi xarid qilingan.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining buyrugʻi qabul qilindi. Xizmat tekshiruvi davomida aniqlangan maʼlumotlar qoʻshimcha ravishda eʼlon qilinadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ