Elektron Kundalik platformasidan foydalanish uchun endi pul toʻlash lozim
Kundalik obunasi uchun toʻlovni 30 noyabrdan eʼtiboran amalga oshirish mumkin. Elektron toʻlovning ikki yoʻli mavjud: plastik karta hamda CLICK toʻlov tizimi orqali.

2020/21 oʻquv yili boshlanishidan oldin Xalq taʼlimi vazirligi Kundalik tizimiga ulangan maktab oʻquvchilarining ota-onalariga qogʻoz kundalik sotib olmasliklari, uning oʻrniga elektron muqobiliga obuna boʻlish lozimligini maʼlum qilgan edi.
Elektron Kundalik platformasi bilan ishlash uchun ajratilgan sinov muddati tugagani munosabati bilan, endi elektron kundalik platformasining boshqa funksiyalaridan foydalanish uchun obuna boʻlish lozim boʻladi.
Elektron Kundalik platformasiga yillik obuna narxi qogʻoz kundalikning oʻrtacha narxiga teng — 9 200 soʻm. Uch va undan ortiq farzandi bor oilalar uchun 10 foizlik chegirma mavjud.
Ushbu miqdorni toʻlab, ota-ona va oʻquvchining istagan boshqa yaqin qarindoshlari bir kalendar yil davomida bolaning maktab hayotini kuzatish imkoniga ega boʻladi.
Elektron toʻlovning ikki yoʻli mavjud: plastik karta hamda CLICK toʻlov tizimi orqali. Elektron kundalik uchun toʻlovni amalga oshirish yoʻriqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin.
Kundalik obunasi uchun toʻlovni 30 noyabrdan eʼtiboran amalga oshirish mumkin.
Eslatilishicha, 23 noyabrdan sinov muddatining oxirgi 7 kuni boshlanadi. Ota-onalarga oʻzlarining profillaridan kirish va barcha farzandlarining kundaliklarini koʻra olishlarini tekshirishlari tavsiya etiladi.
Kundalikda ota-onaning bitta akkauntiga har bir farzandini bogʻlash mumkin. Buning uchun farzandingiz taʼlim olayotgan muassasaga murojaat qilish lozim.
Maʼlumot uchun: Bugungi kunga qadar 1557 ta maktab elektron Kundalik tizimida roʻyxatdan oʻtgan, shundan 1482 maktab qogʻoz jurnal va kundalikdan butunlay voz kechgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

