DTM test sinovlari oʻtkaziladigan binolar roʻyxatini eʼlon qildi
Roʻyxatda binolarning viloyatlararo taqsimlanishi, ularning test oʻtkaziladigan nechanchi bino sifatida qayd etilgani, manzili va lokatsiyasi aniq koʻrsatilgan.

Davlat test markazi tomonidan 2020-2021 oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun test sinovlarini oʻtkazish rejalashtirilgan binolar roʻyxati eʼlon qilindi.
Mazkur roʻyxatda binolarning viloyatlararo taqsimlanishi, ularning test oʻtkaziladigan nechanchi bino sifatida qayd etilgani, manzili va lokatsiyasi koʻrsatilgan.
2020/2021 oʻquv yilida OTMlarga qabul kvotasi oshiriladi
Roʻyxatga koʻra, Toshkent shahri hududidan 12ta, Surxondaryo viloyatidan 9ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona viloyatida 6tadan, Qashqadaryo, Samarqand, Namangan viloyatlaridan 5tadan bino tanlab olingan. Bundan tashqari, qolgan barcha viloyatlardan ham 3-4tadan bino test oʻtkazilishi uchun moʻljallangan.
Binolar roʻyxati va lokatsiyasi bilan DTM rasmiy sayti orqali tanishish mumkin.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

