| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi267 marta oʻqildi

DSQ: Bozorlardagi mahsulotlarga taqchillik boʻlmaydi, narxlar ham koʻtarilmaydi

Barcha yirik savdo markazlari, bozorlar, tovar ishlab chiqaruvchilar, ulgurji yetkazib beruvchilar va dorixonalarning batafsil roʻyxati tuzilib, har biriga davlat soliq xizmati organlarining masʼul xodimlari biriktirilgan.

DSQ: Bozorlardagi mahsulotlarga taqchillik boʻlmaydi, narxlar ham koʻtarilmaydi

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi natijasida karantin eʼlon qilinganligi munosabati bilan Davlat soliq qoʻmitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oziq-ovqat va zarur tibbiy vositalar narxlarini qatʼiy nazoratga oldi.

Har bir tuman (shahar) soliq inspeksiyalari (DSI), viloyat soliq boshqarmalari (DSB) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (DSQ) Markaziy appartida maxsus ishchi guruhlar tashkil etildi.

Barcha yirik savdo markazlari, bozorlar, tovar ishlab chiqaruvchilar, ulgurji yetkazib beruvchilar va dorixonalarning batafsil roʻyxati tuzilib, har biriga davlat soliq xizmati organlarining masʼul xodimlari biriktirildi. Ular narxlar barqarorligi saqlanishini diqqat bilan nazorat qilib bormoqda.

Koronavirus tufayli joriy etilgan karantin eksport-import uchun taʼsir koʻrsatmaydi

Shuningdek, DSQ rahbariyati va uning barcha oʻrinbosarlari 16 mart kuni mahsulotlarga talab va taklifni oʻrganish hamda narxlar barqarorligini saqlashni nazoratga olish uchun poytaxtimizdagi bozor va yirik savdo markazlariga bordi.

Tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan sotilayotgan mahsulotlar narxini koʻtarmaslik va bozorlarda narxlar barqarorligini saqlash toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organlariga kafolat xatlari berilmoqda.

Hozirda Davlat soliq qoʻmitasining “Ishonch telefoni” (71 244-98-98) va qisqa 1198 raqamli Sall-markazi ishlab turibdi. Murojaatlar soni koʻpligi sababli bugungi kunda “Ishonch telefoni” operatorlari soni 7 taga, Sall-markazi operatorlari esa 20 nafargacha oshirildi.

Oʻzbekistonning oziq-ovqat bozorlaridagi narx-navolar

Mamlakatda karantin eʼlon qilinganidan soʻng 16 mart kuni soat 13:00 holatiga DSQ ishonch telefoni va Sall-markaziga fuqarolar tomonidan narxlarning asossiz koʻtarilishi toʻgʻrisida 247 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 80 foizi tezda ijobiy hal qilindi. Qolgan 20 foizi yuzasidan profilaktika choralari koʻrilyapti. Qoʻngʻiroqlar kelishi davom etmoqda.

"Barcha vatandoshlarga eslatib oʻtamiz, tinchlikni saqlang, mamlakatda oziq-ovqat zaxirasi yetarli. Har bir savdo nuqtasida davlat soliq xizmati xodimlari narxlarni qatʼiy kuzatib bormoqda", deyiladi xabarda.

Agar siz zarur boʻlgan mahsulotlar narxining asossiz koʻtarilganiga guvoh boʻlsangiz DSQning (71) 244-98-98 raqamli “ishonch telefoni” yoki Sall-markazining qisqa 1198 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingizni soʻraymiz.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ