| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi161 marta oʻqildi

Doniyor Gʻaniyev: Avtomobillar narxlari 3 mln soʻmdan 19 mln soʻmgacha tushiriladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi maxsus komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini assossiz oshirilganini tasdiqladi.

Doniyor Gʻaniyev: Avtomobillar narxlari 3 mln soʻmdan 19 mln soʻmgacha tushiriladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJda “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun talablari buzilishi boʻyicha qoʻzgʻatilgan ishning davomi bugun koʻrib chiqildi. Bu haqda deputat Doniyor Gʻaniyev xabar berdi.

Deputatning maʼlum qilishicha, mart oyidan buyon, yaʼni yangi asossiz oshirilgan narxlarda avtomobillarni sotib olgan mijozlar bilan qayta hisob kitob qilish topshirigʻi berilgan.

"Qoʻmitaning maxsus komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini assossiz oshirilganini tasdiqladi. Unga koʻra avtomobillar 3 mln. soʻmdan 19 mln soʻmgacha asossiz oshirilgani aniqlandi.

Shunga koʻra komissiya "UZAUTOMOTORS” AJga bugundan boshlab narxlarni asossiz oshirilgan qismini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish boʻyicha koʻrsatma berdi. Shuningdek, mart oyidan buyon, yaʼni yangi asossiz oshirilgan narxlarda avtomobillarni sotib olgan mijozlar bilan qayta hisob kitob qilish topshirigʻi berildi.

PS: Komissiya qarori majburiy kuchga ega. Lekin kompaniya komissiya qaroridan norozi boʻlsa, sudga berishi va jarayon hali davom etishi ham mumkin", deydi Gʻaniyev.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ