COVID-19 – fuqarolar uchun bekor qilingan talab: Karantin sharoitida aholining iqtisodiy holati eʼtiborga olindi
Fuqarolarning hududlararo harakatlanishida ortiqcha noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi talablarni oʻzgartiridi.

Xabaringiz bor, karantin davrida fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan xorijiy tajriba oʻrganilgan holda joriy yilning 18 may kunidan Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar (borish va qaytish) hamda Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Fargʻona vodiysiga temir yoʻl qatnovi (borish va qaytish) uchun koronavirus infeksiyasiga test topshirish talabi belgilangan edi.
Karantin sharoitida aholining iqtisodiy holatini eʼtiborga olib, shuningdek, harakatlanish vaqtida yoʻlovchilarning ijtimoiy masofa saqlashiga sharoit mavjudligini nazarda tutib, qolaversa, fuqarolarning hududlararo harakatlanishida ortiqcha noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu talab bekor qilindi.

Aviaqatnovlar va temir yoʻl qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Endilikda yuqorida koʻrsatilgan reyslar boʻyicha harakatlanayotgan yoʻlovchilardan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganligi haqidagi maʼlumotnoma talab etilmaydi.
Shu bilan birga, avia va temir yoʻl qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yoʻlovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari soʻzsiz bajarilishi talab etiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

