| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi193 marta oʻqildi

CNN: “Oʻzbekiston nega 2020 yilda eng yaxshi sayyohlik yoʻnalishi deb eʼtirof etilmoqda?“

CNN saytida “Nega Oʻzbekiston 2020 yilda eng yaxshi sayyohlik yoʻnalishi deb eʼtirof etilmoqda?“ sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

CNN: “Oʻzbekiston nega 2020 yilda eng yaxshi sayyohlik yoʻnalishi deb eʼtirof etilmoqda?“

CNN saytida “Nega Oʻzbekiston 2020 yilda eng yaxshi sayyohlik yoʻnalishi deb eʼtirof etilmoqda?“ sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

Oʻzbekistonda turizm salohiyatini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va chora-tadbirlar yuzasidan maqolada batafsil maʼlumotlar keltirilgan.

“Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatni sayohatchilar uchun turistik maskanga aylantirish yoʻlida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 90 ga yaqin davlat fuqarolari uchun mamlakatga kirishda 30 kunlik vizasiz tizimni, 77 davlat fuqarolari uchun elektron viza tizimining joriy etilishi ushbu mamlakatga keluvchi sayyohlar oqimining koʻpayishiga sabab boʻlmoqda. Sayyohlikka oid nashrlarning eng yetakchisi “Lonely Planet” Oʻzbekistonni “2020 yilda sayohatga munosib mamlakat“ deb, “The Economist” nashri esa “Yil mamlakati“ deb eʼtirof etdi“, deyiladi maqolada.

Shuningdek, mamlakatning ming yillar davomida saqlanib kelayotgan qadim tarixi, shaharlari va xilma-xil mazali milliy taomlari Oʻzbekistonning turistik jozibadorligining asosiy omili hisoblanishi alohida qayd etilgan.

Xususan, AQSh Tijorat vazirligining maʼlumotiga asosan Oʻzbekistonga keluvchi sayyohlar oqimi oshib borayotganligi, 2014 yilda respublikamizga keluvchilar soni 1,9 million kishini tashkil etgan boʻlsa, 2018 yilda ushbu koʻrsatkich 5,4 millionga yetganini eʼtirof etdi..

"Soʻnggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonning oʻzgacha qiyofasi namoyon boʻlmoqda. Mamlakatning zamonaviy turistik qiyofasi keng ommaga yetkazilishida sayyohlik blogerlari xizmati eʼtirofga loyiqdir", deyiladi maqolada.

Manba: OʻzA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ