| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi84 marta oʻqildi

Chipta pullari yoʻlovchilarga qaytariladi

Karantin choralari kuchaytirilib, poyezdlar qatnovi toʻxtatilgani sababli yoʻlovchilarga sotib olingan chipta pullari qaytariladi. Sotib olingan aviachiptalarning amal qilish muddati bir yilgacha haqiqiy hisoblanadi.

Chipta pullari yoʻlovchilarga qaytariladi

2020 yil 10 iyulidan 1 avgustga qadar boʻlgan muddatda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ da 5900 ta chipta sotilgan.

Mahalliy yoʻnalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar ham toʻxtatiladi

Karantin choralari kuchaytirilib, poyezdlar qatnovi toʻxtatilgani sababli yoʻlovchilarga sotib olingan chipta pullari qaytariladi.

"Uzbekistan airways" AJ tomonidan "Toshkent-Nukus", "Toshkent-Urganch", "Toshkent-Termiz" yoʻnalishlarida 13 iyuldan 1 avgustga qadar boʻlgan muddatga 332 ta aviachipta sotilgan.

Sotib olingan aviachiptalarning amal qilish muddati bir yilgacha haqiqiy hisoblanadi.

Epidemiologik vaziyat barqarorlashib aviaqatnovlar tiklanganda, yoʻlovchilar avval sotib olgan chiptalari bilan bemalol parvoz qilishi mumkin.

Toshkent shahridagi avtobuslarda harakatlanish maqsadida iyul oyi uchun sotib olingan oylik yoʻl chiptalari "Toshshahartrans" AJning oylik yoʻl chiptalari va jetonlar sotish boʻlimi tomonidan joriy yilning 1 avgustidan 10 avgustigacha qaytarib olinadi va foydalanilmagan kunlar uchun pul mablagʻlari qaytariladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ