| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Buxoro va Namanganda mahsulotlar tarkibidagi GMO miqdorini aniqlaydigan laboratoriyalar tashkil etiladi

2020 yilda respublikamiz boʻyicha jami 164 ta eksporter korxonalarga "Global G.A.P." va "Organic" standartlarini joriy etish va sertifikatlashtirish boʻyicha reja tasdiqlandi.

Buxoro va Namanganda mahsulotlar tarkibidagi GMO miqdorini aniqlaydigan laboratoriyalar tashkil etiladi

AOKA huzuridagi shtabda "Oʻzstandart" agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda hozirgi kunda qishloq xoʻjaligi sohasiga tegishli 1276 ta standart (shundan 893 tasi xalqaro standartlarga uygʻunlashgan) amalga kiritilgani haqida maʼlumot berildi. Bularning 309 tasi xalqaro va 6 tasi xorijiy davlatlarning standartlari.

Oziq-ovqat sanoatiga tegishli 3509 ta standart (2140 tasi xalqaro standartlarga uygʻunlashgan) amalga kiritilgan. Bularning 424 tasi xalqaro va 23 tasi xorijiy davlatlarning standartlari.

2020 yilda respublikamiz boʻyicha jami 164 ta (shundan 155 tasi Global G.A.P., 9 ta Organic) eksporter korxonalarga "Global G.A.P." va "Organic" standartlarini joriy etish va sertifikatlashtirish boʻyicha reja tasdiqlandi.

Agentlik tizimiga mansub "UzTest" qoshidagi sinov laboratoriyalarini Jahon banki krediti asosida modernizatsiya qilish boʻyicha amaliy ishlar boshlandi.

Kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish natijasida respublika markazi qoshida oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlarini aniqlash imkoniyati yaratiladi, hamda Buxoro va Namangan markazlari qoshida yangi yoʻnalishdagi mahsulotlar tarkibidagi GMO miqdorini aniqlash laboratoriyasi tashkil etiladi.

Xalqaro ekspert (Latviyaning BIOR instituti vakili) tomonidan mamlakatimizda oʻtkazilgan oʻrganish natijasida, hududlarning eksport salohiyatidan kelib chiqqan holda oʻrganish oʻtkazildi. Oʻrganish natijasiga koʻra, Respublika hamda Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm markazlaridagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini sinash laboratoriyalari modernizatsiyalash koʻzda tutilgan, loyiha summasi 11,6 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ