| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi58 marta oʻqildi

Boʻsh turgan obʼyektlardan foydalanishni tashkil etadigan markaz tuzildi

Markaz tugatilayotgan “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUKning barcha huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Boʻsh turgan obʼyektlardan foydalanishni tashkil etadigan markaz tuzildi

Davlatimiz rahbarining “Boʻsh turgan obʼyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati maʼlumot berdi.

Qarorga koʻra, faoliyat koʻrsatmayotgan, ishlatilmay turgan noturar obʼyektlardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni tashkilotlarning xoʻjalik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonalari negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan obʼyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tashkil etilmoqda.

Markazning jami xodimlar soni 309 nafarni tashkil etadi.

Markaz Agentlikning tugatilayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUKning barcha huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan shartnomaviy munosabatlar boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ