| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi65 marta oʻqildi

Bojxona yuk deklaratsiyasiga oʻzgartirish kiritish tartibi soddalashdi

Bojxona yuk deklaratsiyasiga (BYuD) oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish nisbatan soddaroq toʻldiriladigan bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatishning alohida elektron shakli orqali amalga oshiriladi.

Bojxona yuk deklaratsiyasiga oʻzgartirish kiritish tartibi soddalashdi

“Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Nizomga muvofiq, endilikda bojxona yuk deklaratsiyasiga (BYuD) oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish nisbatan soddaroq toʻldiriladigan bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatishning alohida elektron shakli orqali amalga oshiriladi.

Bu esa oʻz navbatida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini BYuDning birgina grafasiga oʻzgartirish kiritish uchun yangidan toʻliq BYuD toʻldirib taqdim etish majburiyatidan ozod qiladi.

Bundan tashqari, deklaratsiyalovchi shaxs va bojxona organlari oʻrtasida elektron xabarlarni almashish va bu orqali qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish va qabul qilib olish vositasi – axborot almashish tizimi joriy etiladi.

Qaror bilan, shuningdek, bojxona qiymati deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish, bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatish shaklini toʻldirish, uni bojxona organlariga taqdim etish, rasmiylashtirish unga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish tartibi belgilab berilmoqda.

Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oydan keyin kuchga kiradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ