| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi215 marta oʻqildi

Bogʻchalar, bozorlar va avtobus qatnovlariga ruxsat berildi

15 iyundan «sariq» va «yashil» hududlarda bir qancha faoliyat turlariga karantin talablariga rioya qilgan qolgan faoliyatlarini boshlashlari uchun ruxsat berildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlarining sertifikatlari uchun amal qilish muddat uzaytirildi.

Bogʻchalar, bozorlar va avtobus qatnovlariga ruxsat berildi

2020 yil 15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda quyidagilarga ruxsat berilmoqda:

  1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga.

    15 iyundan umumiy ovqatlanish obʼyektlari ham ish boshlaydi

Bunda:

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mashgʻulotlarni 15 kishidan ortiq boʻlmagan guruhlarda tashkil etish;

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “toʻshak”lar bilan jihozlash;

  • xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;

  • tana harorati 37*S va undan yuqori boʻlgan yoki infeksiya alomatlari mavjud boʻlgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashgʻulotlarga kiritmaslik choralarini koʻrish talab etiladi;

  1. Buyum bozorlari faoliyatiga.

Bunda buyum bozorlari doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “toʻshak”lar bilan jihozlanishi, sotuvchilar va xaridorlar tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 37*S va undan yuqori boʻlgan, infeksiya alomatlari mavjud boʻlgan holatda hamda tibbiy niqobda boʻlmagan hollarda buyum bozorlari hududiga kiritmaslik choralarini koʻrish talab etiladi;

  1. Hududlar oʻrtasida avtobus qatnovlariga.

    5 iyundan masjidlarda namoz oʻqishga ruxsat berildi

  • Bunda tashuvchilar faoliyati quyidagi talablardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi:

  • transport vositasini yakuniy yoʻnalish nuqtasida dezinfeksiya qilish;

  • avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqoblardagi yoʻlovchilarni kiritish;

  • haydovchilarni tibbiy qoʻlqop va tibbiy niqoblar bilan taʼminlash hamda ularning muntazam ravishda oʻz vaqtida almashtirib borilishi choralarini koʻrish.

Karantin davrida muddati tugaydigan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga tegishli malaka toifasi berilganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarning amal qilish muddati 2020 yil 1 oktyabrga qadar uzaytirildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ