| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi264 marta oʻqildi

Begʻaraz yordam sifatida olingan mablagʻlar daromad soligʻiga tortilmaydi

“Mahalla” xayriya jamoat fondiga, “Saxovat va koʻmak” fondiga, “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga jismoniy shaxslarga begʻaraz beriladigan yordam pullari uchun daromad soligʻi solinmaydi.

Begʻaraz yordam sifatida olingan mablagʻlar daromad soligʻiga tortilmaydi

“Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 1 oktyabrga qadar:

“Mahalla” xayriya jamoat fondiga, “Saxovat va koʻmak” fondiga, “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga, shu jumladan, ularning hududiy boʻlinmalariga, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaxslar roʻyxatiga kiritilgan jismoniy shaxslarga begʻaraz beriladigan:

  • pul mablagʻlari va tovarlar (xizmatlar)ga foyda soligʻini hisoblashda chegiriladigan xarajatlar sifatida qaraladi;

  • tovarlar (xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq solish obʼyektiga kiritilmaydi;

  • ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning koʻrsatilgan fondlardan, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan begʻaraz yordam (pul mablagʻlari, tovarlar va xizmatlar)ga jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi;

  • jismoniy shaxslarga turar joylarini jismoniy shaxslarga va koronavirus pandemiyasi davrida faoliyati toʻxtagan tadbirkorlik subʼyektlariga noturar joylarni ijaraga berishdan olingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromadlar boʻyicha soliqni foizsiz kechiktirib toʻlash huquqi beriladi. Bunda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash boʻyicha berilgan kechiktirish summasi 2021 yil 1 aprelga qadar muddatgacha teng ulushlarda toʻlanishi lozim;

  • lizing korxonalari tomonidan hisoblangan va kechiktirilgan lizing boʻyicha foiz daromadlari summasi foyda soligʻini hisoblashda kechiktirish berilgan davrdagi jami daromad tarkibiga kiritilmaydi;

  • tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash Davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya qilish tartibi tadbirkorlik subʼyektlarining amaldagi kredit shartnomalariga ham tatbiq qilinadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ