| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi50 marta oʻqildi

Barcha bogʻchalar noyabr oyi oxirigacha ochiladi

Noyabr soʻnggiga qadar barcha bogʻchalar ochilishi bilan bir qatorda, qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan, xodimlari orasida koronavirus aniqlangan MTMlar faoliyati tiklanmaydi.

Barcha bogʻchalar noyabr oyi oxirigacha ochiladi

Maktabgacha taʼlim muassasalari 2020 yil noyabr oyining oxiriga qadar ochiladi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ish faoliyatini boshlash va bolalarni qabul qilish huquqi faqat SESdan ruxsat olgan maktabgacha taʼlim muassasalariga beriladi.

Lekin, qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan, xodimlari orasida koronavirus aniqlangan MTMlar faoliyati tiklanmaydi.

Bunga koʻra, Sirdaryo viloyatida yil oxiriga qadar 20 ta MTM yopiqligicha qoladi. Toshkent viloyatida 104 ta MTM olib borilayotgan taʼmirlash ishlari sababli ochilmaydi. 4 ta maktabgacha taʼlim muassasasi yaroqsiz holatga kelib qolgan, 2021 yilda ular investitsiya dasturiga tavsiya etilgan. Olmaliq va Bekobod shaharlaridagi 26 ta maktabgacha taʼlim muassasalari Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Bekobod shahridagi «Oʻzmetkombinat» rahbariyatining qaroriga binoan ishlamaydi.

Toshkent shahrida jami 80 ta maktabgacha taʼlim muassasasi taʼmirlanmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ