| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi281 marta oʻqildi

Plastik kartani rasmga olib kimgadir yuborish yoki ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilish qanchalik xavfli?

Bank kartasini rasmga olib, uni kimgadir joʻnatish yoki ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilish xavflimi? Bank kartasi raqamini qoʻlga kiritgan kishi undagi mablagʻni qanday oʻzlashtirishi mumkin? Ushbu savollarga Markaziy bank tomonidan javob berildi.

Plastik kartani rasmga olib kimgadir yuborish yoki ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilish qanchalik xavfli?

"Bank kartasi ustidagi raqamlari, yaʼni rekvizitlar – karta egasini unifikatsiya va identifikatsiya qilish hamda kartaning amal qilish muddatini belgilaydi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, rekvizitlar bank kartasini masofaviy xizmat koʻrsatish tizimiga ulash uchun foydalaniladi.

Bank kartasidagi raqamlar boshqa shaxsga oshkor boʻlib qolishi xavf tugʻdirmaydi. Ammo begona shaxslar tomonidan karta egasining ruxsatisiz masofaviy xizmat koʻrsatish tizimiga ulanish uchun karta rekvizitlari kiritilganda, karta egasining uyali telefoniga SMS-xabarnoma xizmati orqali maxfiy kod yoki raqamli xabarnoma keladi. Agar mazkur xabar (kod) begona shaxsga oshkor boʻlsa, ularda masofadan turib kartadagi mablagʻni oʻzlashtirish imkoni tugʻiladi. Yaʼni karta egasi mablagʻini firibgarlarga oʻzlashtirish uchun sharoit yaratib bergan boʻladi.

Misol uchun, firibgar oʻzini bank xodimi yoki turli aksiyalar tashkilotchisi sifatida telefonda tanishtirib, kartaga maʼlum miqdorda mablagʻ oʻtkazib berishni taklif qilgan holda, bank kartasi egasining mobil telefoniga kelgan “tasdiqlovchi kod”ni soʻrashi mumkin. Bunday holatda, ushbu kodni ularga zinhor oshkor qilmaslik kerak hamda mazkur shaxslar haqida ichki ishlar organlariga xabar berish lozim.

Bank kartasi egasining mobil telefoniga “SMS-xabarnoma” xizmati orqali kelgan maxfiy kodni boshqa shaxslarga oshkor qilmasligi bank kartasidagi mablagʻning boshqalar tomonidan oʻzlashtirilish imkonini yoʻqqa chiqaradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ