Avtomobilni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish muddatlari qanday?
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga koʻra haydovchilarning majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan transport vositalarini boshqarishi 111 ming 500 soʻm miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra:
ishlab chiqarilganligiga 5 yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari — 2 yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga 5 yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari — 1 yilda bir marta majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.
Shuningdek, transport vositasi texnik koʻrikka belgilangan muddatlardan oldin taqdim etilishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muvofiq haydovchilarning majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan transport vositalarini boshqarishi 111 ming 500 soʻm miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

